
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxonning qo‘shig‘ini chet ellik xonandalardan biri qayta kuyladi, deb yozadi Darakchi.uz.
Gap shundaki, Dog‘istonlik xonanda Zarina Tilidze Sardor Rahimxonning “Otamdan yodgorim onam” qo‘shig‘ini muallifning ruxsatisiz ijro etdi.
“Kavkazlik qiz ‘Otamdan yodgorim onam’ qo‘shig‘imni kuylabdi. Qarshiligim yo‘q, lekin bir og‘iz ruxsat so‘rasa bo‘lardi. Ochig‘i, kimdir qo‘shig‘imni ijro qilsa, faqat xursand bo‘laman. Lekin hech bo‘lmasa muallif oldidan o‘tishi kerak edi”,—deb yozadi Sardor Rahimxon o‘zining Instagram sahifasida.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar