date

Mashhur multfilmlarda ko‘pchilik payqamagan g‘ayrioddiy xatolar(foto)

Mashhur multfilmlarda ko‘pchilik payqamagan g‘ayrioddiy xatolar(foto)

Tan olish kerak, katta bo‘lib qolgan bo‘lsak-da, multfilm tomosha qilishga bo‘lgan qiziqishimiz hali ham saqlanib qolgan. Quvonarlisi, zamonaviy animatorlar muntazam ravishda yangi loyihalarni taqdim etib kelmoqda. Ularning aksariyati sifat jihatidan bolaligimizda sevib ko‘rgan multfilmlardan qolishmaydi. Biroq eng mukammal ko‘ringan animatsion asarlarda ham ayrim e’tibordan chetda qolgan xatolar uchrab turadi.

«Masha va ayiq»

«Birinchi uchrashuv» qismida Ayiq Mashani uyidan chiqarib yuborganidan keyin yopilgan eshikda og‘ir lo‘kidon va yirik mixlar ko‘rinib turadi. Ammo oradan bir necha soniya o‘tib, eshik ichkari tomon ochilganda uning yuzasi mutlaqo silliq holatga kelib qoladi.

«Uch mushuk»

«Musiqiy tabriknoma» epizodida mushuklar oilasi birgalikda do‘konga yo‘l oladi. Ularga Rojdestvo archasi aks etgan otkritka yoqib qoladi va unga yaqin turgan Korjik uni sotib olmoqchi bo‘ladi. Biroq keyingi kadrlarda archadagi bezaklar g‘ayritabiiy tarzda yo‘qolib qoladi, fon rangi esa yashildan yorqin sariq tusga kiradi.

«Shahzoda Ivan va bo‘z bo‘ri»

Vasilisa Ivanning oldiga kelgan sahnada qahramonlar orasidagi bo‘shliqda bir tabaqali eshik ko‘rinadi. Keyingi kadrda ular quchoqlashganda esa shu eshik tushuntirib bo‘lmaydigan tarzda ikki tabaqali eshikka aylanib qoladi.

«Uch bahodir dengiz ortida»

Knyaz Vladimir va Yuliy suhbati vaqtida orqa fonda kontrfors aniq ko‘rinadi. Bir necha soniyadan keyin Po‘stdumba arava bilan zalga kirganda esa rasmlar orasidagi devor birdan tekis holatga kelib qoladi.

Bundan tashqari, Alyosha Popovichning ko‘ylak yoqasidagi naqshlar ham o‘zgarib ketadi. Avvaliga qizil rangda bo‘lgan elementlar keyinroq to‘q sariq tusga kiradi. Tabiiyki, qahramon shu qisqa vaqt ichida kiyimini almashtirib ulgurmagan.

«Quvnoq do‘mboqchalar»

Mashhur animatsion serialning turli qismlarida ham ko‘zga tashlanadigan xatolar bor. Masalan, «Skameyka» epizodida Quyonvoy o‘rindiqdan uzoqlashishi bilan undagi «Bo‘yalgan» yozuvi bir zumda yo‘qolib qoladi.

«Murvatchalar: Katta sir»

Murvatchalar divanda o‘tirib televizor tomosha qilayotgan paytda Simkaning orqasida joylashgan taxtaga diqqat qilinsa, u katta planda to‘satdan boshqa holatga o‘tib qolganini ko‘rish mumkin. Shuningdek, yorqin pushti element ham taxtaning eng yuqori qismida paydo bo‘ladi.

Ko‘rinib turibdiki, hatto mashhur va katta mehnat bilan yaratilgan zamonaviy multfilmlarda ham mayda xatolar uchrab turadi. Ammo aynan shunday detallar tomoshabinlarni yanada sinchkov bo‘lishga undaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Mashhur multfilmlarda ko‘pchilik payqamagan g‘ayrioddiy xatolar(foto)