Shahlo Salayeva va Veysel Dulger to‘yi ijtimoiy tarmoqlarni zabt etdi (video)

Shahlo Salayeva va Veysel Dulger to‘yi ijtimoiy tarmoqlarni zabt etdi (video)

Kecha Turkiyada bo‘lib o‘tgan xonanda Shahlo Salayeva va turkiyalik san’atkor Veysel Dulgerning to‘yi ijtimoiy tarmoqlarda eng ko‘p muhokama qilinayotgan mavzulardan biriga aylandi.

Tarqalgan videolardan birida Shahlo Salayevaning ravon turk tilida so‘zlagani hamda turkcha qo‘shiq ijro etgani ko‘pchilikning e’tiborini tortdi. Yana bir lavhada esa kelin-kuyov yaqinlari bilan turk milliy raqslarini ijro etgani, yana bir boshqa videoda Veysel Dulger turkcha qo‘shiq aytgani, Shahlo Salayeva esa o‘g‘lini bag‘riga bosgan holda raqsga tushgani aks etgan.

To‘y marosimining yana bir o‘ziga xos jihati yakuniy an’analarda namoyon bo‘ldi. Turk urf-odatlariga ko‘ra, kelin va kuyovning bo‘yniga gulchambar emas, balki pulchambar taqildi va shundan so‘ng ular yangi xonadoniga tantanali ravishda kirib bordi. Mazkur odat ham ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.

Tarqalgan videolardan ko‘rinib turibdiki, to‘y ortiqcha dabdabasiz, ixcham, fayzli va samimiy ruhda tashkil etilgan. Marosimdagi iliq muhit va milliy an’analar uyg‘unligi ko‘plab internet foydalanuvchilari tomonidan iliq kutib olindi.

Biz ham Shahlo Salayeva va Veysel Dulgerni ushbu quvonchli kun bilan samimiy tabriklab, ularga uzoq umr, mustahkam baxt, oilaviy tinchlik va totuvlik tilaymiz.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar