21:58 / 23.05.2017
6 156

Andrea Bochelli Toshkentda konsert beradi. Homiy — Alisher Usmonov

Andrea Bochelli Toshkentda konsert beradi. Homiy — Alisher Usmonov
Italiyalik mashhur tenor Andrea Bochelli 2017 yilning 8 iyun kuni O‘zbekistonda konsert beradi. Bu haqda Uzdaily.uz xabar tarqatdi.
Bochellining konserti O‘zbekiston Madaniyat vazirligi va Alisher Usmonov ko‘magida tashkillashtirilmoqda.

Andrea Bochelli Toshkentda o‘zining yakkaxon dasturi bilan ilk bor chiqish qiladi, deyiladi tashkilotchilar xabarida.
Italiyalik tenor konsert davomida klassik asarlar va mashhur qo‘shiqlarini kuylaydi.

Taniqli musiqachining chiqishida orkestr va xor hamrohlik qiladi. Andrea Bochelli bilan bir sahnada maxsus mehmonlar ham chiqish qilishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Andrea Bochelli Toshkentda konsert beradi. Homiy — Alisher Usmonov