«To‘qqiz dumli tulki» yulduzi Li Don Uk 44 yoshda: aktyor nega hanuz oila qurmagan?

QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
- «To‘qqiz dumli tulki» seriali yulduzi Li Don Uk 44 yoshda bo‘lishiga qaramay, hali ham oila qurmagan.
- Aktyor yolg‘iz yashashga o‘rganib qolgani va munosabat boshlash uchun zarur bo‘lgan vaqt hamda kuchni sarflash unga qiyin tuyulayotganini ta’kidlagan.
- Uning 2018 yilda xonanda va aktrisa Syuzi bilan bo‘lgan munosabati bandlik sababli to‘rt oy ichida yakun topgan.
«To‘qqiz dumli tulki» seriali orqali tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan janubiy koreyalik aktyor Li Don Uk 44 yoshda. Shunga qaramay, san’atkor hanuz oila qurmagan. U turli intervyularida yolg‘iz yashashga o‘rganib qolgani va yangi munosabat boshlash unchalik oson emasligini yashirmagan.
Aktyor 2023 yilda «Single in Seoul» filmi taqdimoti chog‘ida yolg‘izlik haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashgan. Uning aytishicha, bir o‘zi bo‘lish unga ancha qulay, ba’zan yolg‘izlikni his qilsa-da, kim bilandir uchrashib, munosabat qurish haqida ham o‘ylab turadi. Hatto sevish qobiliyati susayib borayotgandek tuyulishini ham hazil aralash aytgan.
2024 yilda esa Li Don Uk munosabat boshlashga avvalgidek ishtiyoqi yo‘qligini tan olgan. Uning fikricha, bir-biriga yaqinlashish uchun vaqt va kuch sarflash kerak, bu esa hozir unga ancha qiyin tuyuladi. Aktyor uyda yolg‘iz qolib, istagan filmi yoki dasturini tomosha qilishni ham yaxshi ko‘rishini aytgan.
Li Don Ukning ommaga ma’lum bo‘lgan munosabatlaridan biri xonanda va aktrisa Syuzi bilan bo‘lgan. Juftlik 2018 yil mart oyida uchrashayotganini tasdiqlagan. Biroq ularning munosabati uzoq davom etmagan: to‘rt oydan so‘ng ajrashgani ma’lum qilingan. Syuzining agentligi bunga ikki san’atkorning band jadvali va bir-biriga yetarlicha vaqt ajrata olmaganini sabab qilib ko‘rsatgan.

Aktyorning yaqin do‘stlaridan biri esa yana bir mashhur koreyalik yulduz — Gon Yu. Ular «Tobutdagi jin» («Goblin») serialida birga suratga tushganidan keyin yaqinlashgan. Ikki san’atkor do‘stona munosabatlarini hanuz davom ettirib, bo‘sh vaqtlarida baliq ovlashga ham borib turishadi.































Izohlar 0
…