Imron “Mayda-mayda” bilan muxlislarini xursand qildi (video)

Imron “Mayda-mayda” bilan muxlislarini xursand qildi (video)

Xonanda Imron yangi taronasini muxlislariga taqdim etdi. San’atkor 24 avgust kuni “Mayda-mayda” deb nomlangan yangi qo‘shig‘ini YouTube kanalida namoyish qildi.

Qo‘shiq uchun ishlangan klipning o‘ziga xos jihati — unda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanilgan. Zamonaviy uslubda tayyorlangan videoklip tomoshabinlar e’tiborini tezda tortdi.

Taronaga bildirilgan munosabatlar ham ijobiy bo‘ldi. Izohlarda muxlislar qo‘shiqni iliq kutib olganini bildirib, xonandaga ijodiy muvaffaqiyat va omad tilagan.

Shuningdek, ayrim kuzatuvchilar klipda Durdona Qurbonovaning ko‘rinmagani haqida yozib, xonandaning navbatdagi videokliplarida aktrisani ko‘rishni istashlarini bildirishgan.

Yangi tarona muxlislar orasida qiziqish uyg‘otar ekan, Imronning ijodiy faoliyatidagi navbatdagi ishlari ham kuzatuvchilar tomonidan katta qiziqish bilan kutilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar