Toshkentda yaqin orada zamonaviy konsert zali barpo etiladi. U akademik jamoalarning badiiy dasturlari namoyish etiladigan, jonli ijroga mo‘ljallangan bo‘ladi, deb yozadi Kun.uz sayti. Bu O‘zbekiston Prezidentining 31 maydagi «Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida belgilab qo‘yilgan.
Yangi konsert zali poytaxtning qoq markazida - Buxoro ko‘chasi, 10-uyda joylashgan binoda faoliyat ko‘rsatadi. Hozirgi kunda ushbu binoda «Toshkent» fond birjasi joylashgan. Uning yonida MUM, Alisher Navoiy nomidagi Katta teatr va boshqa madaniy ob’ektlar joylashgan.
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga Madaniyat vazirligi va Toshkent shahri hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga binoni «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi tasarrufiga o‘tkazish bo‘yicha taklif kiritish vazifasi topshirildi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?