Muqaddas Sadullayevaning qizi 11 yoshda: Sadiyaning uzun sochlari e’tiborni tortdi (video)

Muqaddas Sadullayevaning qizi 11 yoshda: Sadiyaning uzun sochlari e’tiborni tortdi (video)

Aktrisa Muqaddas Sadullayeva Instagram sahifasiga joylagan videosi orqali qizi Sadiya 11 yoshni qarshi olganini ma’lum qildi.

San’atkor qizining tug‘ilgan kuni munosabati bilan unga samimiy tilaklarini bildirib, ta’sirli so‘zlar bilan tabrik yo‘lladi.

“MashaAlloh. Jonim qizim Sadiya, shukrona kuning muborak bo‘lsin. Seni bizga bergan Robbimga hamdu sanolar bo‘lsin. Baxtingni, kamolingni, rohatini otang va buvilaring bilan ko‘rib yuraylik. Yuzimizni yorug‘ qiladigan soliha qizlardan bo‘lgin, oy yuzligim, jonim qizim”, — deya yozdi aktrisa.

Videoda Sadiyaning uzun va chiroyli sochlari ham ko‘pchilikning e’tiborini tortdi. Aktrisaning kuzatuvchilari esa qizaloqni tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, izohlarda unga iliq va samimiy tilaklarini yo‘llashdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar