Muxlisa Boboqulova sovchilarni nega rad etmoqda? Aktrisa bo‘lajak turmush o‘rtog‘i qanday bo‘lishini aytdi (video)

Muxlisa Boboqulova sovchilarni nega rad etmoqda? Aktrisa bo‘lajak turmush o‘rtog‘i qanday bo‘lishini aytdi (video)

Aktrisa Muxlisa BoboqulovaOmon-Omon” ko‘rsatuvida nega sovchilarni qaytarayotgani va bo‘lajak turmush o‘rtog‘i qanday inson bo‘lishini istashi haqida gapirdi.

“Qo‘shnilariningizni aytishicha, sovchilar arimayotgan ekan. Nega ularga rad javobini beryapsiz?” deya savol berildi aktrisaga.

“Men ijodkor xalq ko‘ngli nozikroq, ko‘ngliga yaqin insonni istaydi, deb o‘ylayman. Agar shunchaki turmushga chiqishning o‘zi uchun turmush qurish kerak bo‘lganida, allaqachon turmushga chiqqan bo‘lardim. Hali ham ko‘nglimga yoqadigan, o‘zimga mos insonni kutyapman. Uni qidiryapman, demaylik. Chunki baribir qachondir o‘zi topib keladi”, dedi Muxlisa Boboqulova.

Aktrisa uchun insonning tashqi ko‘rinishidan ko‘ra fe’l-atvori muhimroq ekanini ta’kidladi.

“Men uchun tashqi ko‘rinishdan ko‘ra fe’l-atvor muhimroq. Chunki 10–15 yildan keyin tashqi ko‘rinishimiz o‘zgaradi. Bugun chiroyli ko‘ringan inson vaqt o‘tib avvalgidek bo‘lmasligi mumkin. Lekin uning fe’l-atvori bilan butun umr yashaysiz.

O‘zim hazilkashroq bo‘lganim uchun menga o‘xshab hazilkash, eng asosiysi, ko‘ngli ochiq, bolalar va hayvonlarga mehribon inson bo‘lsa, menimcha, qolganlarini bir amallasa bo‘ladi”, dedi aktrisa.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar