Amerikalik mashhur reper Snoop Dogg endi to‘ylarda ishtirok etmoqda

Amerikalik mashhur reper Snoop Dogg endi to‘ylarda ishtirok etmoqda

Amerikalik mashhur reper Snoop Dogg kutilmagan manzilda sahnaga chiqib, to‘y mehmonlariga unutilmas taassurot ulashdi. Armanistondagi arman to‘yida ishtirok etgan san’atkor o‘z chiqishi bilan bayram muhitini yanada qizdirdi.

Snoop Dogg marosim davomida o‘zining mashhur "The Next Episode" qo‘shig‘ini ijro etdi. Reper sahnaga chiqqach, yangi turmush qurganlar va mehmonlar ham unga qo‘shilib raqsga tushgan.

To‘y bir zumda katta konsert sahnasiga o‘xshab ketdi.

"Asrning arman to‘yi" deb atala boshlandi

San’atkorning chiqishi aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqalib, foydalanuvchilar e’tiborini tortdi. To‘y esa ko‘lami va yulduzli mehmonlari sabab ayrimlar tomonidan «asrning arman to‘yi» deya ta’riflana boshlagan. Shu tariqa, oddiy to‘y oqshomi Snoop Doggning chiqishi sabab katta musiqiy shouga aylangan.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar