15:10 / 17.06.2017
4 569

Jeki Chan Ostonada lyuks avtomobil o‘rniga, shaharda do‘stlari bilan yurish uchun miniven so‘ragan

Jeki Chan Ostonada lyuks avtomobil o‘rniga, shaharda do‘stlari bilan yurish uchun miniven so‘ragan
Bir hafta avval Ostonaga tashrif buyurgan mashhur aktyor Jeki Chan lyuks avtomobildan voz kechdi va hech qanday rayder (artist, musiqachi yoki ijodiy kollektiv tadbir tashkilotchilariga qo‘yadigan talablar va shartlar ro‘yxati)ni qo‘ymadi. Bu haqda «Kazakhstan Today»ga tayanib «Daryo» nashri yozmoqda.

«Shunisi hayratlanarliki, uning Ostonaga tashrifi bizga hech qanday xarajatlarni yuklamadi! U o‘z samolyotida do‘stlari bilan uchib keldi, hech kim unga gonorar to‘lamadi, u rayderlarni qo‘ymadi. Hatto lyuks avtomobilda kutib olishdan bosh tortdi va shunchaki do‘stlari bilan shahar bo‘ylab harakatlanish uchun oddiy miniven so‘radi. Ostonadagi mahalliy restoratorlar o‘z kumirini qabul qilishdan shunchalik xursand ediki, hatto kechki ovqat uchun biz hech narsa to‘lamadik», — deb yozdi «Qozog‘iston» telekompaniyasi boshqaruv raisi Erlan Karin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, taniqli aktyor Qozog‘istonda 1—2 kun mehmon bo‘lishi rejalashtirilgan, ammo tig‘iz grafik tufayli bor-yo‘g‘i yarim kun bo‘lgan.

«Esdalik sovg‘alar va hadya tariqasida EKSPO uchun chiptalar biz tomonimizdan qilingan yagona xarajatlar bo‘ldi. Jeki ajoyib, juda kamtar, xushfe’l, samimiy va quvnoq odam. Birga suratga tushmoqchi bo‘lganlarning deyarli hech birini rad qilmadi, hazil-huzul qildi va kuldi», — deb yozdi Karin.

7 iyun kuni Qozog‘iston media markazi konsert zalida Xitoy kinosi festivali ochilishi bo‘lib o‘tdi. Ochilish marosimida Jeki Chan «Kung-fu yoga» filmini taqdim etdi. Unda aktyor Jeki ismli xitoylik arxeolog rolini ijro etgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Jeki Chan Ostonada lyuks avtomobil o‘rniga, shaharda do‘stlari bilan yurish uchun miniven so‘ragan