Turkiyaning mashhur aktrisasi va modeli Xande Erchel Qatarga tashrif buyurib, muxlislarini xursand qildi

Turkiyaning mashhur aktrisasi va modeli Xande Erchel Qatarga tashrif buyurdi. Xalqaro miqyosda tanilgan yulduz mamlakatda o‘tkazilayotgan 22-Doha Jewelry and Watches Exhibition (DJWE 2026) ko‘rgazmasida ishtirok etish uchun Doha shahriga kelgan.
Aktrisaning Qatarga tashrifi ijtimoiy tarmoqlarda ham katta qiziqish uyg‘otdi. Xande Erchel tadbirda zamonaviy va nafis uslubdagi libosi bilan ko‘rinish berib, muxlislar e’tiborini tortdi. Uning obrazi aks etgan suratlar qisqa vaqt ichida ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Xande Erchel nafaqat Turkiyada, balki xorijda ham mashhur aktrisalardan biri hisoblanadi. U turk seriallaridagi bosh rollari orqali katta muxlislar auditoriyasiga ega bo‘lgan.
Aktrisaning har bir yangi tadbirdagi ko‘rinishi, ayniqsa libosi va uslubi, ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilinishi bilan ajralib turadi.































Izohlar 0
…