«Vaqti kelganda haqiqatni aytaman»: Ronaldu tkrma jamoani nega tark etganiga izoh berdi

«Vaqti kelganda haqiqatni aytaman»: Ronaldu tkrma jamoani nega tark etganiga izoh berdi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Krishtianu Ronaldu Portugaliya milliy jamoasi yig‘inini bosh murabbiyning matbuot anjumani va Portugaliya futbol federatsiyasi prezidenti bilan suhbatdan so‘ng tark etganini ma’lum qildi.
  • U vaqti kelganda, Portugaliya milliy jamoasini nima sababdan tark etgani haqidagi bor haqiqatni barcha portugallarga aytib berishini ta’kidladi.
  • Ronaldu hozirda Portugaliyaga va barcha jamoadoshlariga omad tilashni ma’qul ko‘rdi.

Portugaliya milliy jamoasi ixtiyorini muddatidan avval tark etgan Krishtianu Ronaldu nihoyat sukunatni buzdi. Millatlar ligasi 3-turi doirasidagi Daniyaga qarshi muhim bahs arafasida yuz bergan ushbu shov-shuvli voqea yuzasidan yulduz hujumchi insayder Fabritsio Romano orqali rasmiy bayonot berdi.

41 yoshli sardorning so‘zlari terma jamoa ichidagi munosabatlar avval aytilganidek silliq emasligini va qaror ortida jiddiy suhbatlar yotganini ko‘rsatmoqda.

Prezident bilan suhbat va sirli va’da

Ronaldu o‘z bayonotida jamoadan ketish qaroriga aynan nima turtki bo‘lganini ochiqladi:

«Bosh murabbiyning matbuot anjumanidan so‘ng va Portugaliya futbol federatsiyasi prezidenti bilan suhbatlashganimdan keyin milliy jamoaning yig‘inini tark etishga qaror qildim.

Vaqti kelganda, men har doim sadoqat bilan xizmat qilib kelgan Portugaliya milliy jamoasini nima sababdan tark etganim haqidagi bor haqiqatni barcha portugallarga aytib beraman. Hozir esa Portugaliyaga va barcha jamoadoshlarimga omad tilaydigan payt».

Sahna ortida nimalar yuz bergan edi?

Voqealar rivoji shuni ko‘rsatmoqdaki, lagerdagi keskinlik bir necha kun davom etgan:

  • Mashg‘ulotdagi nizo: Bosh murabbiy Jorje Jezush jamoada hech qanday muammo yo‘qligini ta’kidlashiga qaramay, Ronaldu mashg‘ulot jarayonini muddatidan erta tark etgan edi.

  • Murabbiyning ishorasi: Matbuot anjumanida Jezush hujumchining Daniyaga qarshi o‘yinda maydonga tushmasligi ehtimoli yuqori ekanini bildirgan.

  • Shoshilinch parvoz: Ushbu hodisalardan ko‘p o‘tmay, faxriy to‘purar Kopenhagenni tark etib, Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketishga qaror qilgan.

Ronaldu jamoadoshlariga omad tilagan bo‘lsa-da, «vaqti kelganda haqiqatni oshkor qilish» haqidagi va’dasi Portugaliya futboli rahbariyati va murabbiylar shtabi o‘rtasida jiddiy nizo borligidan darak bermoqda. Bu bayonot uning terma jamoadagi 20 yillik faoliyati xavf ostida qolayotgani bo‘yicha muhokamalarni yanada avj oldirdi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar