Ko‘rfaz kubogida "sensatsiya": yarimfinal juftliklari ma’lum bo‘ldi

1 daqiqa o'qish156
Ko‘rfaz kubogida "sensatsiya": yarimfinal juftliklari ma’lum bo‘ldi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Ko‘rfaz kubogida guruh bosqichi yakunlanib, yarimfinal juftliklari aniqlandi.
  • "B" guruhida Yaman terma jamoasi Bahraynni 5:2 hisobida mag‘lub etib, sensatsiyaga sabab bo‘ldi.
  • Yarimfinalda Qatar Saudiya Arabistoni bilan, BAA esa O‘mon bilan o‘ynaydi.

Saudiya Arabistoni yashil maydonlarida davom etayotgan nufuzli Ko‘rfaz kubogida guruh bosqichi bahslari yakunlandi. «B» guruhining so‘nggi 3-tur uchrashuvlari muxlislarga ham keskin taktik kurashni, ham haqiqiy sensatsion natijani taqdim etdi.

Guruh peshqadamligi masalasi hal bo‘lgan bahsda Qatar hamda BAA terma jamoalari murosa ko‘chasini tanladi (1:1). Shu tariqa, har ikki jamoa o‘z hisobidagi ochkolarni 7 taga yetkazib, musobaqaning keyingi bosqichiga yo‘l oldi.

Bahrayn darvozasiga 5 ta to‘p: Tur sensatsiyasi

Kunning eng yorqin va shov-shuvli voqeasi Bahrayn hamda Yaman termalari o‘rtasidagi bahsda kuzatildi. Uchrashuv autsayderi sifatida qaralgan Yaman futbolchilari raqib mudofaasini chilparchin qilib, raqib darvozasiga naq 5 ta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi (5:2).

Ushbu g‘alaba Yamanga turnirni chiroyli notada yakunlab, 3 ochko jamg‘arish imkonini bergan bo‘lsa, Bahrayn musobaqani birorta ham ochkosiz tark etdi.

3-tur statistikasi va gollar mualliflari:

  • BAA — Qatar 1:1

    Gollar: Solih (45+4) — Almoaz (33).

  • Bahrayn — Yaman 2:5

    Gollar: Humud (6), Madan (67) — Al Gahvashi (18), Al Matari (31), Al Vasmani (40, 90+5), Abbos (44).

Yarimfinalda qit’a grandlari to‘qnashuvi

Guruh bosqichi yakunlariga ko‘ra, turnirning final ostonasidagi juftliklari quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Qatar — Saudiya Arabistoni: Guruhda yetakchilikni bo‘lishib olgan Qatarni yarimfinalda eng jiddiy sinov kutmoqda. Ular «A» guruhida 100 foizlik natija ko‘rsatib, mutlaq peshqadam bo‘lgan musobaqa mezbonlari — Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushadi.

  • BAA — O‘mon: Pley-off yo‘llanmasini naqd qilgan BAA termasi esa «A» guruhida ikkinchi o‘rinni band etgan tartibli va murakkab raqib — O‘mon jamoasi bilan to‘qnash keladi.

Hal qiluvchi bosqich bahslari Ko‘rfaz mintaqasining bosh sovrini uchun murosasiz va shiddatli kurash taqdim etishi kutilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?