Dog‘istonda sayyoh ayol sakrashdan bosh tortganiga qaramay balandlikdan tushirib yuborildi (video)

Dog‘istonda sayyoh ayol sakrashdan bosh tortganiga qaramay balandlikdan tushirib yuborildi (video)

Dog‘istondagi Sulak darasida ekstremal attraksion vaqtida sayyoh ayol bilan bog‘liq mojaro yuz berdi. 41 yoshli Moskva fuqarosi tarzan orqali sakrashdan so‘nggi lahzada qo‘rqib, undan voz kechganiga qaramay, instruktorlar uni platforma chetiga olib borgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Bu haqda MK xabar berdi.

Videoda ayol qo‘rqib, qarshilik ko‘rsatayotgani va sakrashni istamasligini bildirayotgani ko‘rinadi. U instruktorlardan uni tashlab yubormaslikni so‘raydi. Ayol qarshilik ko‘rsatib, yonidagi erkakdan, turmush o‘rtog‘idan yordam so‘raydi. Shunga qaramay, erkaklar uni platforma chetiga olib boradi. Ayrim kadrlarda instruktorlardan biri ayolning oyog‘iga tepib, uni chetga o‘tishga majburlagani ko‘rinadi. Shundan so‘ng platforma mexanizmi ishga tushib, ayol pastga tushib ketgan.

Eng e’tiborlisi, mazkur video attraksion tashkilotchilari tomonidan reklama maqsadida ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilgani xabar qilingan. Biroq kadrlar foydalanuvchilar orasida keskin norozilik va tanqidlarga sabab bo‘lgan. Ko‘pchilik sayyohning roziligisiz uni sakrashga majburlash mumkin emasligini ta’kidlagan.

Videodagi voqea yuzasidan hozircha qo‘shimcha rasmiy tafsilotlar va huquqiy baho berilgani haqida ma’lumot yo‘q.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar