Shohjahon Jo‘rayev marhum otasi bilan yangi qo‘shiq yaratib barchaning e’tiboriga tushdi (video)

Shohjahon Jo‘rayev va Sherali Jo‘rayev ijrosidagi "Shaytanat" nomli kutilmagan duet ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Qo‘shiq va unga ishlangan klip foydalanuvchilar e’tiborini tortgan.
Sherali Jo‘rayev vafot etgan bo‘lishiga qaramay, uning ovozi sun’iy intellekt texnologiyasi yordamida qayta yaratilgan. Bu esa marhum san’atkor muxlislarida katta qiziqish uyg‘otgan.
Ijtimoiy tarmoqlardagi izohlarda foydalanuvchilar Shohjahon Jo‘rayevning g‘oyasi va ijodiy yondashuvini yuqori baholamoqda. Ko‘plab muxlislar qo‘shiq hamda unga ishlangan videoklipni samimiy qabul qilganini bildirgan.
Ayrim izohlarda esa sun’iy intellekt yordamida Sherali Jo‘rayev ovozining qayta yangratilgani alohida e’tirof etilgan. Tarona qisqa vaqt ichida ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalar markaziga tushgan.































Izohlar 0
…