Zebo Rahimova Islandiyaning go‘zal manzarasi bilan hayratlantirishda davom etmoqda (video)

Bloger Zebo Rahimova navbatdagi sayohati davomida Islandiyadagi ulkan sharsharani tomosha qildi. U ijtimoiy tarmoqda sayohatidan videolavha ulashib, muxlislar e’tiborini tortdi.
Videoda bloger sharshara yonida turib, uning naqadar baland va salobatli ekanini ko‘rsatgan. Tabiatning betakror manzarasi aks etgan kadrlar ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining qiziqishiga sabab bo‘lgan.
Zebo Rahimovaning sayohatidan olingan lavhalar orqali Islandiyaning o‘ziga xos tabiati va go‘zal maskanlarini ko‘rish mumkin. Videoni tomosha qilgan muxlislar ham ushbu manzaradan hayratlangan.
Izohlarda ko‘plab foydalanuvchilar Islandiyaga borib, bu go‘zalliklarni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishni istashlarini bildirgan. Ayrimlar esa o‘zlariga ham shunday sayohat qilish nasib etishini yozgan.































Izohlar 0
…