Yaponiyada odamlar baliqlarni ataylab kanallarga tashlaydi: buning ortidagi sabab hayratlanarli

Yaponiyada odamlar baliqlarni ataylab kanallarga tashlaydi: buning ortidagi sabab hayratlanarli

Yaponiyaning ayrim kichik shaharchalarida ko‘chalardan oqib o‘tuvchi oddiy suv kanallarida rang-barang tirik baliqlarni uchratish mumkin. Ular bu yerlarga tasodifan kelib qolmagan — mahalliy aholi baliqlarni ataylab kanallarga qo‘yib yuboradi.

Buning asosiy sabablaridan biri — kanallardan toza buloq suvi oqishi. Baliqlar suvdagi mayda suv o‘tlari, hasharotlar va organik qoldiqlar bilan oziqlanib, kanal ekotizimining toza saqlanishiga yordam beradi.

Ammo bu an’ananing yana bir qiziq jihati bor. Tirik baliqlar suzib yurgan toza kanallar odamlarning xatti-harakatiga ham ta’sir qiladi. Bunday manzarani ko‘rgan kishi suvga chiqindi tashlashga o‘zini noqulay his qilishi mumkin.

Shu tariqa, oddiy suv kanallari nafaqat toza saqlanadi, balki chiroyli manzaraga va sayyohlar e’tiborini tortadigan maskanga ham aylanadi.

Yaponiyada baliqlar shunchaki suvda suzib yurmaydi — ular ayrim hududlarda tabiatni asrash va tozalik madaniyatining bir qismiga aylangan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar