18:56 / 20.06.2017
15 773

Shohruh Xonning qizi ham kinoda: unga maxsus ssenariy yozilmoqda

Shohruh Xonning qizi ham kinoda: unga maxsus ssenariy yozilmoqda
Bollivud kinosi ko‘pchilikni o‘ziga maftun etgani sir emas. Oramizda mashhur hind aktyorlariga havas qiladiganlar ko‘pchilikni tashkil etadi. 1990-2000 yillarda mashhurlikning nuqtasini zabt etgan Shri Devi, Saif Ali Xon, Shohruhxon, Salmonxon, Juhi Chavla kabi ekran yulduzlari bugun o‘z o‘rinlarini avlodlariga bo‘shatib beradiganga o‘xshaydi, deb yozmoqda “Qalampir.uz” sayti.

2018 yilda ko‘plab mashhurlarning farzandlari, yaqinlari katta ekranga chiqishlari kutilmoqda. Masalan, Shahid Kapurning ukasi Ishan Katter, Shri Devi va Boni Kapurning qizi Janhi Kapur, Saif Ali Xonning qizi Sara Ali Xon ilk marta kinoda rol ijro etadilar. Bu yangi “yulduz”lar qatoriga Shohruh Xonning qizi Suxana Xon ham qo‘shilishi kutilmoqda.

Xon oilasiga yaqin bo‘lgan manbada keltirilishicha, Suxanada aktyorlik qobiliyati yoshligidan bor, u teatr sahnalashtiradi, o‘zi ham rol ijro etadi. Buni ko‘rgan hindistonlik aktrisa, jamoatchi Shabana Azmi ham uning iste’dodiga tan bergan.

Suxana Xon aktyorlik ishiga jiddiy qaraydi. Hindiston OAVning taxminlariga ko‘ra, Koran Johar ayni vaqtda Suxanaga mos tarzda ssenariy tayyorlash ustida ish olib bormoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Shohruh Xonning qizi ham kinoda: unga maxsus ssenariy yozilmoqda