Turkiyada xonanda Gulluning qizi umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Turkiyada xonanda Gulluning qizi umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Turkiyaning Yalova shahrida xonanda Gullu nomi bilan tanilgan Gul Tutning o‘limi bo‘yicha sud hukmi e’lon qilindi. 2025 yil 26 sentyabr kuni olti qavatli binodagi uyining derazasidan tushib halok bo‘lgan xonandaning 28 yoshli qizi Tug‘yan Ulkem Gulter og‘irlashtirilgan umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar berdi.

Yalova shahridagi og‘ir jinoyatlar bo‘yicha sudda ko‘rilgan ish doirasida Gulterni onasini oldindan rejalashtirib, qasddan o‘ldirishda ayblashgan. Sud jarayonida ishga oid yozishmalar, audioyozuvlar, ekspert xulosalari va guvohlarning ko‘rsatmalari muhokama qilingan.

Sudda ko‘z yosh bilan himoya nutqi so‘zlagan Gulter o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni rad etgan. U onasining yiqilgan paytini ko‘rmaganini, agar ko‘rganida uni ushlab qolishga urinishini aytgan. Shuningdek, o‘ziga tuhmat qilinganini ta’kidlab, aybsiz ekaniga ishonishini bildirgan.

Sud hukmi e’lon qilingach, Gulterning advokati ish hali yakunlanmaganini, qaror ustidan yuqori instansiyalarga shikoyat qilish imkoniyati borligini ma’lum qilgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar