Yulduz Turdiyeva “Tan Olasanmi…” nomli yangi taronasidan muxlislariga parcha ulashdi (video)

Xonanda Yulduz Turdiyeva ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida yangi qo‘shig‘idan qisqa videoni muxlislari bilan bo‘lishdi. “Tan Olasanmi…” deb nomlangan tarona parchasi tinglovchilar orasida qiziqish uyg‘otmoqda.
San’atkor videoga izoh qoldirib, muxlislariga muhabbat haqida savol bilan murojaat qildi.
“Sevgisini tan olganlar bormi oramizda? Tan olmaganlarchi? Bir kun kelib, ko‘zlarimga qarab, meni sevganingni tan olasanmi?” — deb yozdi xonanda.
Qo‘shiqdan e’lon qilingan parcha ostida foydalanuvchilar turli fikrlarini bildirmoqda. Ayrimlar yangi taronaga qiziqish bildirgan bo‘lsa, boshqalar Yulduz Turdiyevani qo‘llab-quvvatlab, unga ijodiy muvaffaqiyat tilamoqda.
Muxlislar qo‘shiqning to‘liq versiyasini kutmoqda.































Izohlar 0
…