16:54 / 19.07.2017
8 854

Shahzodaning Dilorom Omonullaevaga nisbatan haqorati bo‘yicha “O‘zbekiston” kanalida ko‘rsatuv tayyorlanyapti

Shahzodaning Dilorom Omonullaevaga nisbatan haqorati bo‘yicha “O‘zbekiston” kanalida ko‘rsatuv tayyorlanyapti
Xabaringiz bor, aktrisa Shahzoda Muhammedova ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasi orqali O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi professori, bastakor Dilorom Omonullaevani yoshlarga qo‘pol munosabatda ayblab, haqorat qilgan edi. Muhammedova o‘z iddaolarida Omonullaevani razil inson, ruhiy kasal deb, pora olishiga sha’ma qildi. Shahzoda Muhammedovaning bu qilg‘ilig‘i ziyolilar, madaniyat va san’at olamining ko‘zga ko‘ringan vakillari g‘azabini oshirdi.

Ma’lumotlarga qaraganda, “O‘zbekiston” teleradiokanali jurnalistlari Nozima Vohidova va Nilufar Umrzoqova muallifligidagi “Uchburchak” nomli tok-shouning navbatdagi sonida aynan Dilorom Omonullaeva va Shahzoda Muhammedova o‘rtasidagi mojaralar muhokama qilinadi, deb yozmoqda Qalampir.uz sayti.

Xabar qilishlaricha, muhokamada O‘zbekiston xalq artisti Munojat Yo‘lchieva, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi o‘qituvchisi, bastakor Oydin Abdullaeva, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Gulbahor Erqulova, Manzura Yo‘ldosheva, “Nihol” mukofoti sovrindorlari Mashhurbek Raimjonov va Madina Mumtoz ishtirok etadilar. Ko‘rsatuv uchun tayyorlanayotgan lavhada Dilorom Omonullaeva va Shahzoda Muhammedova ham o‘z fikrlarini ochiq bayon etishlari kutilmoqda.

Avvalroq, ushbu holat bo‘yicha O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Bastakorlik va cholg‘ulashtirish kafedrasi mudiri, dosent, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori, xalqaro tanlov va festivallar g‘olibi, bastakor Oydin Abdullaeva, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Gulbahor Erqulova, Dilnoza Ismiyaminova, “Nihol” mukofoti sovrindori Manzura Yo‘ldosheva o‘z fikr-mulohazalarini bildirishgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Shahzodaning Dilorom Omonullaevaga nisbatan haqorati bo‘yicha “O‘zbekiston” kanalida ko‘rsatuv tayyorlanyapti