date

Shahzodaning kelini bilan tushgan ilk suratlari muxlislar orasida katta qiziqish uyg‘otdi

Shahzodaning kelini bilan tushgan ilk suratlari muxlislar orasida katta qiziqish uyg‘otdi

Xonanda Shahzoda o‘g‘li va kelini bilan tushgan ilk oilaviy suratlarini ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga joyladi. Suratlar qisqa vaqt ichida muxlislar orasida katta qiziqish uyg‘otdi.

Xonanda rasmlarda o‘g‘li va yangi kelini bilan birgalikda ovqatlanib o‘tirgan lahzalarni namoyish qilgan. Shahzoda suratlarga: “Hayotingizda yuragingiz quvonadigan, qalbingizga iliqlik beradigan insonlar ko‘proq bo‘lsin”, degan samimiy izohni ham qoldirgan.

Muxlislar va san’atkorning yaqinlari ushbu suratlarni iliq qarshi olib, yosh oilaga baxt va uzoq umr tilamoqda. Izohlarda ko‘pchilik juftlikka chiroyli tilaklar va samimiy fikrlar yozib qoldirgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda Shahzodaning oilaviy suratlari keng muhokama qilinmoqda. Ayrim muxlislar xonandaning yangi keliniga iliq munosabati va samimiy oilaviy muhitiga alohida e’tibor qaratmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Shahzodaning kelini bilan tushgan ilk suratlari muxlislar orasida katta qiziqish uyg‘otdi