22:31 / 10.08.2017
8 594

Mavluda Asalxo‘jaeva boshqa shaharga “ko‘chib o‘tdi”

Mavluda Asalxo‘jaeva boshqa shaharga “ko‘chib o‘tdi”
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mavluda Asalxo‘jaeva boshqa shaharga “ko‘chib o‘tdi”. Bu haqda xonanda o‘zining yangi qo‘shig‘i orqali xabar qilmoqda.

“Sevgining shahriga ko‘chib o‘tdim man kecha, sevishganlari ham turlicha”, deb kuylayotgan Asalxo‘jaevaning navbatdagi qo‘shig‘i biroz hazilomuz. Xonanda sho‘x qo‘shiqlarni yaratish borasida boshqa san’atkorlarga qaraganda birinchi o‘rinlarda boradi. Uning navbatdagi qo‘shig‘i ham raqsbop.

Mavluda Asalxo‘jaevaning navbatdagi qo‘shig‘i mualliflari ham uning doimiy hamkorlariga aylanishga ulgurgan Bahodir Nizomov va Umidjon Obidov. Bugunning o‘zida Asalxo‘jaevaning “Sevgi shahri” nomli qo‘shig‘iga klip ham taqdim etilmoqda. Klipni iste’dodli rejissyor Sherzod Umarov suratga olgan.

Qo‘shiqni saytimizning musiqa bo‘limida tinglash va ko‘chirib olish imkoniyatiga egasiz, deb yozadi Qalampir nashri.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Mavluda Asalxo‘jaeva boshqa shaharga “ko‘chib o‘tdi”