
Sohirnafas xonanda Xurshid Rasulovning farzandi Sardor Rasulov qizg‘in ijod va ijodiy g‘oyalar bilan band. Xonanda “Yaxshimisiz, yaxshi qiz” deb nomlangan taronasiga video ketma-ketlik suratga oldirdi.
Video klip trek hamda syujet yo‘nalishida ishlangan bo‘lib, hijronli muhabbat tarixi hikoya qilingan. Qo‘shiq so‘zi shoir Mirzo Karimga, musiqasi esa xonanda Xurshid Rasulovga tegishli.
Qo‘shiqda xonanda o‘zining ismidan ham foydalangani uchun ko‘pchilik muxlislar ushbu alamli sevgi tarixi xonandaning hayotidan olinganligi haqida fikrlar bildirishmoqda.
Manba: Hordiq.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar