O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov “Eng go‘zal va dilbar qo‘shiqlar Vatan haqidagi qo‘shiqlardir. Bunday jozibador qo‘shiqlar el-elatlarni birlashtiradi, ularni tinch-totuv yashashga, Vatanni har tomonlama yuksaltirishga, ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylashga va ko‘ksini qalqon qilishga da’vat etadi. Zamonlar o‘taveradi, ammo Vatan abadiydir. Vatanni sevish, suyub-ardoqlash, bor vujuding bilan jo‘shib kuylash esa eng oliy baxtdir”, deb aytgan edi.
Shu kunlarda O‘zbekistondek jannatmakon yurt madh etilgan qo‘shiqlar soni ortmoqda. Albatta, ular orasida yillar davomida qalbimizdan joy olib, Vatanga bo‘lgan muhabbatimizni yanada oshiradiganlari talaygina.
Bugun o‘zbek estradasining ustoz san’atkorlaridan bir – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mavluda Asalxo‘jayeva ijodidagi navbatdagi qo‘shiqni e’tiboringizga havola etamiz.
“O‘zbek davlati” deb nom olgan mazkur qo‘shiq O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 26 yillik to‘yiga tuhfa bo‘lib, Mavluda Asalxo‘jayeva ijodida alohida ahamiyat kasb etdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
“Har yili Vatanimiz mustaqilligi bayramiga yangi qo‘shiq tayyorlayman. Har birining o‘ziga yarasha o‘rni bor. Biroq bu galgisining yuki, zalvori boshqacha bo‘ldi. Uni tinglagan kishi Vatan oldidagi burchi, vazifasini bir bor ko‘z o‘ngidan o‘tkazsa, ajab emas. Albatta, men bir ijrochiman, xolos. Vatanga bo‘lgan muhabbatimiz Azim Suyundek shoirning she’rida aks etmaganda edi, balki bu qo‘shiq yaralmagan bo‘lardi”, deydi xonanda.
Qo‘shiqning matni Azim Suyun qalamiga mansub. Musiqasini Bahodir Nizomov bastalagan. Musiqiy sayqal Umid Obidov tomonidan amalga oshirilgan.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mavluda Asalxo‘jayeva ijrosidagi “O‘zbek davlati” nomli yangi qo‘shiqni saytimizning musiqa bo‘limida tinglash imkoniyatiga egasiz.
Manba: Qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi