11:26 / 27.08.2017
6 334

Kimga qanday qo‘shiq?

Kimga qanday qo‘shiq?
“Qo‘shiq—kayfiyat ifodasi”, deyishadi. Haqiqatdan ham shunday! Ishonmaganlar bo‘lsa, isbot sifati ayrimlarini misol qilib keltirishim mumkin. Xo‘sh, kim qanday qo‘shiqni eshitadi yoki xirgoyi qiladi? Menda ayrim taxmin va tavsiyalar bor.

Kirill alifbosida savodi chiqib, lotin alifbosida yozishga majburlar tilidan “Qo‘ynimda bir yoru ko‘nglimda bir yor” qo‘shig‘i…
***
Xohlasa tushib, xohlasa oshadigan “dollar janoblari” uchun “O‘zi ketar yor-yor, o‘zi kelar yor-yor” qo‘shig‘i…
***
Rentgenolog shifokorlar nomidan “Bilaman qayerda xoling bor, ko‘nglingda nima bor bilmayman” qo‘shig‘i…
***
Dang‘illama to‘y qilib, qarzga botganlar uchun “Ajab-ajab” qo‘shig‘i…
***
Narx bir kunda falon millionga ko‘tarilib ketganda mashina olmoqchi bo‘lganlar nomidan “Yomon qo‘rqdim, yomon qo‘rqdim-a” qo‘shig‘i…
***
Universitetga kirish uchun falon million so‘m berib qo‘yib, o‘qishga kira olmagan va pulini qaytarib ololmayotganlar uchun “Og‘anglara ishonma” yoki “Kiyidiradi anjanchasiga” qo‘shig‘i…
***
Sobiq jahon chempioni, boks afsonasi Tayson nomidan “Kel, qulog‘ingni tishlab qo‘yayin” qo‘shig‘i…
***
Saratonning qaynoq paytida Antaliya, Malakka, Bali orollaridagi suv havzalari, plyajlaru okeanlarga bora olmaganlar uchun “Dachala bor, dachala” qo‘shig‘i…
***
“Levыy” yurib, allaqanday kasal orttirvolganlar nomidan “Sen shaharda o‘qib yurib, yigitlarni kasal qilib, endi mani mensimading, Jumagul” qo‘shig‘i…
***
Tug‘ruqxonadagi doyalar tilidan “Chiq, ho, chiq, tezroq chiq” qo‘shig‘i…
***
Yoz mavsumi kelishi bilan ochiq-sochiq kiyimga o‘tib ketadigan qizlar uchun “Uyat bo‘lmas ishton kiymay yursa ham” qo‘shig‘i…

Muslim Mirzajonov

Manba: Fayzbog.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Kimga qanday qo‘shiq?