06:48 / 28.10.2017
7 474

Internetda Irina Sheyk va Bredli Kuperning oilaviy rasmi paydo bo’ldi. Ularning yonida yarim yoshli qizaloqlari ham bor!

Internetda Irina Sheyk va Bredli Kuperning oilaviy rasmi  paydo bo’ldi. Ularning yonida yarim yoshli qizaloqlari ham bor!
Bredli Kuper va Irina Sheyk juftligi ayni paytda Malibu qirg’oqlarida hordiq chiqarishmoqda. Ular dam olishga yarim yoshli qizaloqlari Leya de Senani ham birga olib ketishgan.

Odatda ushbu juftlik shaxsiy hayotlarini omma e’tiboridan yashirishga urinadilar. Boshqa yulduzlar kabi qizlarining rasmini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirishmaydi, u haqida imkon qadar kamroq gapirishga harakat qilishadi. Ko’cha-ko’yda yurganda ham qizaloqning yuzini papparatsilardan to’sib oladilar.

Yulduzli juftlikning Malibudagi ushbu surati esa internetda paydo bo’lgach, ko’pchilik muxlislarni quvontirdi. Suratda Bredli va Irina, shuningdek Bredlining yelkasiga joylashib olgan Leyani ham ko’rish mumkin, deyiladi xabarda.

Eslatib o’tamiz, juftlik 2015 yildan buyon birga. Ularning qizlari Leya esa 2016 yilning 21 mart kuni Los-Anjeles shifoxonalarining birida dunyoga kelgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Internetda Irina Sheyk va Bredli Kuperning oilaviy rasmi paydo bo’ldi. Ularning yonida yarim yoshli qizaloqlari ham bor!