10:31 / 20.12.2017
7 482

Rupert Grint “Garri Potter”da suratga tushishni istamaganini tan oldi

Руперт Гринт “Гарри Поттер”да суратга тушишни истамаганини тан олди
Oramizda o’zining ovozi yozilgan tasma yoki suratga olingan videotasvirlarni ko’rishni istamaydigan insonlar ko’p. “Garri Potter” filmdagi bosh qahramonlardan biri bo’lmish Ron Uizli obrazi ijrochisi Rupert Grint ham ana shunday insonlar toifasiga mansub.

“Men boshqa muxlislar kabi “Garri Potter”ni sevib tomosha qila olmayman” deydi Rupert. Biroq 29 yoshli aktyor qahramoni haqida iliq fikrlar bildiradi:

“Menimcha bu rol hamisha men bilan birga bo’ladi. Bizning ushbu qahramon bilan juda g’alati bog’liqligimiz bo’lgan, ayrim paytlarda bir butunga ham aylanib ketganmiz. Ba’zida men qayerdan tugab, Ron qayerdan boshlanishini tushunmay qolaman”.

“Men filmda suratga tushishni boshlaganimdan xursandchilik hissini tuymadim. Ha, avvallari maktab spektakllarida ishtirok etganman, ammo bu mening orzuyim emasdi. Suratga olish paytlari davomida aktyorlik mahoratiga nisbatan muhabbat uyg’ondi. Ammo “Haqiqatan ham bu men shug’ullanishni istagan kasbmi?” degan savolni o’zimga berishdan to’xtamasdim” deydi Grint.

Rupert suratga olish ishlari sabab bolalik lazzatlaridan to’liq bahramand bo’la olmadi, uyquga to’ymaslik va tig’iz kun tartibi nima ekanligini juda erta angladi. Ammo bizningcha, uning mehnatlari muxlislar mehri bilan mukofotlandi va bu hammasidan ham muhimroq!

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Rupert Grint “Garri Potter”da suratga tushishni istamaganini tan oldi