13:22 / 15.01.2018
12 328

Shou-shuv: «Ziyoda o‘g‘ri, Sardor Rahimxon o‘g‘ri! Nahot uyalmaysizlar «san’atkor»lar?»(Video)

Shou-shuv: «Ziyoda o‘g‘ri, Sardor Rahimxon o‘g‘ri! Nahot uyalmaysizlar «san’atkor»lar?»(Video)
Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, nima uchun chet el xonandalarining ijrosi kerak bo‘lsa, butun dunyoni zabt eta oladi-yu, bizlarda esa…

Hatto ikki soniyaga qolmay, qo‘shiq so‘zlarini unutamiz. Qayta-qayta eshitgan, endigina ko‘ngilga yaqin olayotgan qo‘shiqlarimiz esa (yuztadan bittasi) afsus, u ham o‘g‘irlangan bo‘lib chiqadi. Ko‘chirmakash «san’atkor»lar ro‘yxatida kimlar turishi sizlarga ham sir emas. Kundan-kunga bu ko‘chirmachilik «mahorati» urchib ketayotganidan esa asabingiz buzilishi tabiiy. Yana-da qizig‘i, «qobiliyatli», «aqlli», «farosatli» va eng muhimi, «iste’dodli» ba’zi xonandalarimiz ertaga sirlari oshkor bo‘lishi mumkinligini bilishsa-da, betingda ko‘zing bormi demay, o‘g‘irliklarini qo‘yishmaydi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoroliklarni e’tiboringizga havola etamiz, o‘zingiz baho bering.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxonning navbatdagi «mehnat mahsuli»: Malikam endi qara!

Ushbu ajoyib taronaga hatto o‘zim ham maftun bo‘lgan edim, lekin, afsuski…

Yana bir O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ziyoda Qobilovaning ham bir muncha muxlislari borligi rost. Xonandaning nafaqat ovozi, balki, chiroyli muomalasi uchun ham hurmat qiladiganlar ko‘p. Biroq xonandaning bu usulda o‘zini oqlashiga nima deyish mumkin?! Videorolikda mashhur guruh «Avicii»ning qo‘shig‘ini Ziyoda o‘g‘irlagani aytilgan. Demak, yo‘q, yaxshisi, xulosa sizdan!..


Ushbu «ochilgan sirlar» ostiga xonandalarning muxlislari (albatta, endilikda ular muxlislikdan voz kechishgan chog‘i) bir qancha izohlarini qoldirishgan. Izohlarda «Dubayma-Dubay yurguncha ijod qiling, izlaning», «Olgan unvonlaringizga arzimaysizlar», «Sharmanda» qabilidagi gaplar yozilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Shou-shuv: «Ziyoda o‘g‘ri, Sardor Rahimxon o‘g‘ri! Nahot uyalmaysizlar «san’atkor»lar?»(Video)