
32 million xalq televizorlarini telekompaniyaga oborib tashlasa, shu darajadaki, butun kompaniya telemonitorlar ummoniga g‘arq bo‘lsa, eshiklari ochilmay, ichkaridagilar chiqolmay, o‘sha yerda ― o‘zlari yaratgan yuzsiz va yolg‘on dunyolarida qolib ketsalar…
Ahvolga qarab turib ichimda bir nima portlab chiqyapti: bunaqa bo‘lmasligi kerak! Bu noto‘g‘ri! Buni o‘zgartirish kerak! Bu yana fojialarga yo‘l ochish degani. Bu yolg‘onlar, ikkiyuzlamachiliklar, xalqdan uzoqlashish davom etadi degani.
Motam tutmasa ham, shodlik darajasini kamaytirishi, uzluksiz axborot berishi, marhumlarning qishlog‘iga borib, sho‘rlik xalq qayg‘usini yoritishi, ommaga ulashishi kerak emasmi? Axir, qayg‘u ulashilganda ozayadi-ku.
Butun dunyo hamdard, yig‘layapti, faqat O‘zTV qo‘shiq qo‘yib, raqsga tushyapti…
Xunuk! Televizorim ko‘zimga xunuk ko‘rinyapti.
P.s. Do‘stlarim safidagi telejurnalistlar meni kechirsinlar. Shaxsan sizga otilgan tosh deb qabul qilmang…
Shahnoza To‘raxo‘jayeva
Manba: mulohaza.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar