
Kecha «Kulba» degan kino qo‘yishdi. Qariyalar uyi haqida ekan. Ming afsus, ko‘rganimga pushaymon yedim. Chunki ko‘rib ichimda olovli bir vulqon paydo bo‘ldi. Haliyam o‘chgani yo‘q. Gapni cho‘zmay.
Xullas, 10 yoshlardagi bola adasiga «menga doda olib kelib bering», deydi. Ular birgalashib qariyalar uyiga bordi.
Qariyalar uyida 10 dan ortiq nuroniylar qator bo‘lib turishibdi (rejissyor atay shunday turinglar degani aniq). Tirrancha esa 70-80 yoshli chollarga birma-bir qarab chiqadi. Qay birini tanlasam ekan-a degancha. Ko‘rsangiz edi, xayolingizga bu nuroniy chollar o‘zini bozorga solyaptimi degan fikr kelishi aniq. Chunki bu vaziyat sun’iy o‘ylab topilgan, yasalgan. Soxta. Savol tug‘iladi: bu chollarda g‘urur yo‘qmi?
Menimcha, savolni boshqacha qo‘yish kerak: rejissyorda vijdon bormi? Siz nima derdingiz?
Nozim AShURALIYeV
Manba: azon.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar