Foto: «Xabar.uz»
Avval xabar berganimizdek, 23 mart kuni turkiyalik kinoaktyor Murat Yildirim Muxlisa Azizovaning «Scorpion» trillerida suratga tushish uchun O‘zbekistonga yetib kelgan edi.
Ayni kunlarda mashhur aktyor ishtirokidagi sahnalar Buxoro viloyatida suratga olinmoqda. Shu bilan birga «Lichnыy nomer» (Rossiya) filmidagi Umar Tamiyev obrazi orqali o‘zbekistonlik tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan Vyacheslav Razbegayev ham Buxoro viloyatida davom etayotgan suratga olish ishlarida qatnashmoqda.
Shu yilning 28 mart kuni soat 11:00da O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Yoshlar press-klubi zalida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun Murat Yildirim ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur film O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, «O‘zbekkino» milliy agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda Kinematografiyani rivojlantirish markazi tomonidan suratga olinmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi