Ziyoda: "Kuylayapman-u, ko‘z yoshlarimni arang ushlab turibman"

Ziyoda: "Kuylayapman-u, ko‘z yoshlarimni arang ushlab turibman"
Ziyoda biz bilan bo‘lgan suhbatda kuni kecha uni qattiq ta’sirlantirgan va ko‘z yoshiga sabab bo‘lgan voqeani so‘zlab berdi...

Ziyoda:
— Kuni kecha bo‘lgan voqeani aytib beray. To‘y xizmatiga borsam, yoshi o‘ttizlardan oshgan kelin-kuyov. Ularning ikki farzandi bor ekan. Davrada qarindosh-urug‘lar bilan birga raqs tushib yurishibdi. Kelin shodumon o‘tiribdi. Bilsam, ayol og‘ir xasta ekan. Turmush o‘rtog‘i bilan oila qurishganida nikohdan o‘tishgani, to‘y marosimi hovlida, kichik qilib o‘tkazilgan ekan. Ayol kelinlik libosini kiymagan ekan. Umr yo‘ldoshlari ularning shu orzusini ushaltirish uchun qaytadan to‘y qilibdi. Kuylayapman-u, ko‘z yoshlarimni arang ushlab turibman. Iloyim, farzandlari, uning uchun har nega tayyor turmush o‘rtog‘i baxtiga sog‘ayib ketsinlar.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar