
Avvalroq, xonanda Otabek Mutalxo‘jayev va aktrisa Muqaddas Sa’dullayevalarning birgalikda tushgan “intriga”ga boy suratlari va ularga ijtimoiy tarmoqda yozilgan izohlar haqida yozgan edik...

Bu masalaga oydinlik kiritish maqsadida xonandaning prodyusseri biz bilan bog‘landi. "Aslida ikki ijodkor, Otabekning yangi qo‘shig‘iga suratga olinayotgan klip uchun maxsus fotosessiya qilishgandi" deydi Feruza Nodirova.

Ma’lumot o‘rnida, qo‘shiq — “Ayt tun” deb nomlanib, Sardor Qoraxo‘jayev so‘zi va musiqasiga yozilgan.

Shuningdek, Otabek Mutalxo‘jayev uyg‘ur xalq qo‘shig‘i "Guloyim"ni yangicha talqinda ijro etishni rejalashtiryapti. Remiks tarzidagi taronaga ham tez kunda klip suratga olinadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar