20:50 / 09.05.2018
4 429

“Yevrovideniye-2018” xalqaro tanlovi o‘z ishini boshladi

“Yevrovideniye-2018” xalqaro tanlovi o‘z ishini boshladi
Portugaliyaning Lissabon shahridagi “Altis Arena”da “Yevrovideniye-2018” xalqaro tanlovi bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar berdi Darakchi nashri.

Sahna ortida hayot qaynadi. Xonandalar jurnalistlarga intervyular berishdi. Avstraliya, Estoniya, Kipr, Litva, Isroil, Chexiya, Bolgariya, Albaniya, Finlyandiya, Irlandiya vakillari tanlovning ilk finalchilari bo‘lishdi. Tanlovning ikkinchi yarim finali 10 mayda, finali esa 12 mayda bo‘lib o‘tadi.

Tanlovda dunyoning 43 mamlakatidan vakillar ishtirok etishmoqda. Tanlov logotipi dengiz mavzusi bilan bog‘liq, rasmiy shiori esa “Hamma bortga!” deb nomlangan bo‘lib, bu yerda Portugaliyani Yevropa bilan bog‘lab turuvchi Atlantik okeani ramziy ma’noda nazarda tutilgan.

Teatr va kino aktrisasi, teleboshlovchi Filomen Kautela, jurnalist, shoumen Silviya Alberto, aktrisa Daniela Rua, aktrisa va BMTning ko‘ngilli elchisi Katarina Furtadolar tanlovda boshlovchilik qilishmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » “Yevrovideniye-2018” xalqaro tanlovi o‘z ishini boshladi