Xorazm viloyat davlat soliq boshqarmasi taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 20 ga yaqin noqonuniy konsert-tomosha faoliyati, ya’ni rasmiy hujjatlarsiz suxandonlik, raqqosalik, xonandalik va sozandalik bilan shug‘ullanib kelayotgan fuqarolar faoliyati qonuniylashtirildi. Masalan, Xiva shahrida Muhabbat Kamolova, Urganch tumanidan Umida Sobirova, Umida Abdullayeva hamda Qo‘shko‘pir tumanida Shahlo Jonibekova maxsus litsenziyasiz, to‘ylarda kelishilgan summa asosida raqqosalik bilan shug‘ullanayotgani aniqlandi.
Shuningdek, to‘y va tantanalarda hech qanday rasmiy hujjatlarsiz suxandonlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan gurlanlik O‘marbay Allaberganov va xivalik Farrux Abdullayevning noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yildi. Hududiy davlat soliq xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar davomida Xiva shahrida Temur Davlatnazarov, Bekzod Ro‘zmetov, Urganch tumanida Dilshod Abayev, Shixnazar Ismoilov, Dilmurod Eshyozov, Xonqa tumanidan Mansur Salayev, G‘olib Ochilov hamda qo‘shko‘pirlik Sarvarbek Rahmonovning to‘y va tantanalarda litsenziyasiz noqonuniy ravishda xonandalik, sozandalik, doirakashlik hamda ovoz kuchaytirgich xodimi sifatida pullik xizmat ko‘rsatib, noqonuniy daromad topayotganliklari aniqlandi.
Ushbu holatlar yuzasidan viloyat davlat soliq boshqarmasi tomonidan hujjatlar rasmiylashtirilib, ushbu fuqarolarning faoliyatlarini qonuniylashtirishda tegishli ko‘rsatmalar berildi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?