8 021
Ozodbek Nazarbekov, Ulug‘bek Rahmatullayev, Shaxzoda va Lolani birlashtirgan loyiha (foto)
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan 1-iyun – xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “Qo‘lingda imkon” nomli ijtimoiy loyihaga qo‘l urildi. Taronani O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ulug‘bek Rahmatullayev, xonandalar Shahzoda, Lola, Shaxriyor, shuningdek, “Bulbulcha” bolalar ansambli ijro qilgan. “Qo‘lingda imkon” qo‘shig‘ining matn muallifi Shoira G‘iyosova. Bastakor “E’tirof” mukofoti sovrindori Shuhrat Zokirov.
“Kelajakdagi muvafaqqiyat, omad, o‘zini anglash bolalikdan shakllanadi. Farzandlarimizning bugungi tanlovi ularning va mamlakatimizning kelajagi bilan bog‘liq. Bu yo‘lda ularga yordam berish bizning umumiy vazifamizdir.” – deydi Maktabgacha ta’lim vazirligi vakili Shahnoza Mirziyoyeva.
Ozodbek Nazarbekov: — Vatanimizning farovonligi bolalarni erta yoshdan to‘g‘ri tarbiyalashga bog‘liq.
Klipda 300 dan ortiq kishi ishtirok etdi. Jumladan, “Tomosha”, “Monster Kids”, “Alladin” bolalar guruhi, “Paxtakor” bolalar futbol jamoasi, bog‘cha va maktab bolalari, boks bo‘yicha chempionlar Shaxram G‘iyosov, Xasanboy Do‘stmatov, “Global Soccer Awards”ning “Dunyoning eng yaxshi hakami” nominatsiyasi g‘olibi Ravshan Ermatov, taniqli futbolchi Sardor Rashidov, O‘zbekistonning mashxur “Bunyodkor” klubi va yurtimizning taniqli qo‘shiqchilari, aktyor va aktrisalari qatnashishdi.
Klipning Ssenariy muallifi va rejissyor Lola Yuldasheva, tasvirchi Rustam Murodov, ikkinchi rejissyor Sanjar Matkarimov, rassom Baxriddin Shamsutdinov, liboslar bo‘yicha rassom Hilola Sher.
Lola Yo‘ldasheva: — Men maktabgacha ta’lim vazirligining bu loyiha haqida menga aytishganda, mamnuniyat bilan qabul qildim va qo‘llab-quvvatladim. Umid qilamizki, bu bolalarga yorqin va yoqimli sovg‘a bo‘la oladi.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!"
Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi
APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi
Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi