11:55 / 04.06.2018
6 307

O‘zbekistonlik Oleg Ternovoy Rossiyada «Pesni» shou-tanlovining g‘olibi bo‘ldi (video)

O‘zbekistonlik Oleg Ternovoy Rossiyada «Pesni» shou-tanlovining g‘olibi bo‘ldi (video)
Foto: Instagram/Oleg Ternovoy
Oleg Ternovoy (Terry) Rossiyaning TNT telekanali tomonidan tashkil qilingan «Pesni» shou-tanlovining g‘olibi bo‘ldi. Bu haqda Sputnik ma’lum qildi.

O‘zbekistonlik qo‘shiqchi tanlovda «Domofon» va Yegor Krid bilan juftlikda aytilgan «Mega» nomli qo‘shiqlari bilan tomoshabinlar yodida qoldi. O‘z g‘alabasini esa onasiga bag‘ishladi.

Ternovoyga 5 million rubl mukofot beriladi va u yana bir o‘zbekistonlik — MC Doni kabi Timatining Black Star leybli bilan shartnoma imzolaydi.

Professional xonanda bo‘lmagan Oleg Ternovoyning ushbu tanlovda g‘alaba qozonishi ko‘pchilik uchun kutilmagan hol bo‘ldi. U oldin Toshkent rus dramatik akademik teatri artisti hamda tez yordam feldsheri bo‘lib ishlagan.

“Men bu yerga odamlarga orzu qilishdan to‘xtamaslikni, nima bo‘lsa ham o‘z maqsadi yo‘lidan borish kerakligini ko‘rsatgani keldim”, — deb izoh berdi o‘z g‘alabasiga Oleg.

“@ternovoy_oleg besh yildan beri @blackstarofficial!!! bilan shartnoma imzolash uchun harakat qilmoqda. Yo‘l-yo‘lakay u biror marta ham o‘z yo‘nalishini, yoki qo‘ygan maqsadini o‘zgartirmadi va qiyinchiliklardan o‘tib g‘alaba sari intilmoqda. Mana shu haqiqiy haqiqiy g‘olibga xos xususiyat emasmi? Atrofdagilarning tanqid va kulgusi ostida Merkuriy minorasi cho‘qqisiga!!! Xarakter + o‘ziga ishonch + bo‘sh kelmaslik + talant + stil + o‘zini namoyish qila bilish”, — deb izoh berdi Ternovoyning g‘alabasiga rossiyalik reper va konkurs tashkilotchilaridan biri Timati o‘z instagramida.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » O‘zbekistonlik Oleg Ternovoy Rossiyada «Pesni» shou-tanlovining g‘olibi bo‘ldi (video)