
Yozuvchi Jamila Ergashevaning «Qir ustidagi ayol” asari va Dilshod Ahmedov ssenariysi asosida suratga olingan “Fitna” nomli milliy serial 9 iyuldan e’tiboran “Mening yurtim” telekanalida tomoshabinlar e’tiboriga havola etiladi.
Serial Moskva, Dubay hamda Hindiston, Amerika Qo‘shma Shtatlarida suratga olingan bo‘lib, unda To‘xtamurod Azizov, Matyaqub Matchonov, Muxammadiso Abduxayirov, Muyasar Berdiqulova, Jamila G‘ofurova, Feruza Normatova, Sevara Soliyeva, Akmal Nazarov, Jasur Kenjayev, Lola Pirimqulova, Mukarama Bekmurodova, Botir Inog‘omxo‘jayev, Vazira Yunusova, Bahora Arslonova, Mirolim Qilichevlar rol ijro etishgan.

Teleserial 80 qismdan iborat bo‘lib, unda oila muqaddasligi, uni saqlab qolish uchun ikki tomon ham sabr-matonat bilan harakat qilishi, oila farovonligi bebaho nema’tligi haqida so‘z yuritiladi. Hayot chig‘iriqlariga sabr qila olmaganlarni oldinda afsus-nadomatlarga to‘la kunlar kutayotgani ishonarli voqealar bilan ko‘rsatib berilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar