
Qirg‘izistonning Bishkek shahrida o‘tkazilgan xalqaro tanlovda opera ijrochiligi bo‘yicha Xorazmlik yosh ijodkor Aminzoda Jumaniyozov 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Tanlovda Qozog‘iston, Tojikiston, Belarus, Rossiya va boshqa bir qancha davlatlarning 70dan ortiq vakillar ishtirok etishdi.
Bishkekda qo‘lga kiritilgan g‘alaba tufayli Aminzoda Kremlda o‘tkaziladigan “Romanslar kuni” gala-konsertida bevosita ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun: Aminzoda opera san’ati bo‘yicha bir qancha nufuzli, xalqaro tanlovlarda g‘olib bo‘lgan, mashhur san’at ustalari tomonidan e’tirof etilgan, 2015 yilda Italiyaning Rim shahrida opera bo‘yicha Fiyestaloniya festivalida 1-o‘rin sohibi bo‘lgan. 24 yoshni qarshi olgan ijodkor hozirgi kunda O‘zbekiston davlat konservatoriyasining 4-bosqich talabasi hisoblanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar