Ukrainaning "Kazka" guruhi "Plakala" qo‘shig‘iga olingan klipi "youtube" tarmog‘ida qariyb 60 mln marta ko‘rildi. Ushbu qo‘shiq hozirda MDX davlatlarining xit paradlarida peshqadamlik qilmoqda. Qo‘shiq 12 hafta "youtube"da peshqadamlikni saqlab qolgan holda Ukraina rekordini o‘rnatdi. Shuningdek, bu klip ukrainchada kuylangan qo‘shiqlar orasida eng ko‘p ko‘rilgan video bo‘lib turipti.
Ushbu qo‘shiq qizlardan onalarga bag‘ishlov sifatida taqdim qilingan. Qo‘shiqda og‘ir va mashaqqatli turmush va muammolardan charchagan, yig‘lagan onalar madh etiladi.
Tez ommalashgan klipga erkaklar tomonidan qilinayotgan parodiyalar ham internet tarmog‘ida keng tarqalmoqda. Jumladan, Lugansk yumoristik guruhining parodiyasi tarmoqda 1,5 mln marta ko‘rildi. "Erkak yig‘lamaydi" shiori ostida ro‘y berayotgan norasmiy fleshmob video-parodiyalarda erkaklar qismati satirik tarzda kulgiga olinadi.
Aleksandra Zaritskaya yakkaxonligidagi "Kazka" guruhi o‘tgan yili tuzilgan. Guruhda, shuningdek, Nikita Budash (klavishlar va gitara) va Dmitriy Bazuryaklar (puflama cholg‘u) ham bor. Guruh indi-pop janrida ijod qiladi. "Kazka" ilk bor "Svyata" qo‘shig‘i bilan 2017 yilda tanilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”