date
views 7 680

Eronlik mashhur qo‘shiqchi "Andi" O‘zbekistonda konsert beradi

Eronlik mashhur qo‘shiqchi "Andi" O‘zbekistonda konsert beradi
Eronlik Andranik Madadyan – arman millatiga mansub qo‘shiqchi. U 1956 yilning 15 aprel kuni Tehronda tug‘ilgan. Andranik Madadyan ko‘proq “Andi” taxallusi bilan mashhur.

Andranik Madadyan o‘z karerasini 80-yillarda Andi&Kouros dueti tarkibida boshladi. 1985-1992 yillarda guruhning to‘rtta albomi chiqdi. Ushbu albomlar tufayli Andranik Madadyan butun Eron-Fors pop-musiqasi tarixida eng mashhur qo‘shiqchiga aylandi.

1992 yilda Kouros guruhi tarqalib ketdi va Andranik Madadyan yakka sol karerasini boshladi. Andranik to‘rt marta yilning eng yaxshi Arman qo‘shiqchisi va o‘n yillikning eng yaxshi Fors qo‘shiqchisi deb topildi. Yakka sol karerasi davomida 15 ta albom chiqardi.

Andranik Madadyan fors, arman, arab, hind, ingliz va ispan tillarini biladi. Hozirda u AQShning Los-Anjeles shahrida arman mahallasida istiqomad qiladi.

Andi dekabrda O‘zbekistonga ijodiy safar bilan tashrif buyuradi, deb xabar bermoqda Uz24.uz

Konsert dasturi:

1 dekabr kuni Toshkent shahrida;

2 dekabr kuni Samarqand shahrida;

4 dekabr kuni Buxoro shahrida.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Eronlik mashhur qo‘shiqchi "Andi" O‘zbekistonda konsert beradi