Foto: Kun.uz
Turkiyalik taniqli aktyor Kaan Urganjioʻgʻli “Baron-2” filmini suratga olish jarayonida qatnashish uchun Oʻzbekistonga keldi.
Kun.uz nashri aktyor bilan uning filmda gavdalantirayotgan obrazi, “Baron-2” loyihasi va Oʻzbekiston-Turkiya oʻrtasidagi munosabatlar toʻgʻrisida suhbatlashdi.
«Rustam xoʻja (aka) oʻz ishini juda yaxshi uddalar ekan. Oʻzbekistonda ham tan olingan, hurmat qilingan rejissyorlardan. Professional yondashuv bor. Sahnalarning haqqoniy va hayotga yaqin chiqishi uchun ssenariyni ham qayta oʻrganib, uni yanada tabiiylashtirishga harakat qiladi. Yaxshi natija chiqishi uchun, menimcha, bu ajoyib usul va menga juda maʼqul.
Oʻzbek aktyorlariga kelsak, ularning bari bir-biridan mahoratli, professional, vazifasini aʼlo darajada uddalashadi. In Shaa Alloh, bu oʻzining natijasini koʻrsatadi, xalqaro hamkorlik kelajakda ham samarali boʻladi degan umiddaman.
Turli madaniyat vakillari bilan ishlash, tajriba almashish men uchun ham tajriba maydoni boʻlib xizmat qiladi», deya oʻzbek kinoijodkorlari toʻgʻrisida oʻz fikrlarini bildirib oʻtgan turkiyalik taniqli aktyor.
Shuningdek, suhbatda Kaan Urganjioʻgʻli Oʻzbekiston tarixiga ham befarq emasligini, kelajakda hamkorlikdagi boshqa kinoloyihalarda ham rol ijro etishi mumkinligini yashirmagan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi