Prezidentimiz tashabbusi bilan 5 — 10 aprel kunlari Termiz shahrida Xalqaro baxshichilik san’ati festivalining o‘tkazilishi dunyo baxshilari, folklorshunoslari, madaniyat va san’at namoyandalarini qadim Surxon vohasiga chorlamoqda. Xalqimiz ham ushbu nufuzli san’at anjumanini katta ishtiyoq va intiqlik bilan kutyapti.
Muxbirlarimiz xalqaro festival arafasida soha vakillari va yurtdoshlarimizning ayrimlaridan dil so‘zlarini yozib oldi.
— Yoshligimizdan to‘y-hashamlar, sayil va marosimlarda baxshilardan dostonlar, turli termalar eshitib katta bo‘lganmiz. O‘zimiz ham xalqning oqinlariga havas qilib do‘mbira chertganmiz, folklor namunalaridan ijro etishga harakat qilganmiz. Mana shu istak va intilishlarimiz bizni san’at yo‘liga boshlagan, desam, xato bo‘lmas.
Yurtboshimiz ushbu qadimiy san’at turini keng targ‘ib qilish, rag‘batlantirish maqsadida xalqaro darajadagi katta festival tashkil etgani ulkan tarixiy voqea bo‘ldi. Baxshi va oqinlarimizga o‘zligini, iste’dod va salohiyatini namoyon etishi uchun keng maydon yaratildi. Shu sohada faoliyat yuritayotgan bir san’atkor sifatida bundan ko‘ksim tog‘dek ko‘tarildi. Yillar davomida ushalmay kelayotgan orzularimiz, istak-xohishlarimiz ro‘yobga chiqdi.
Xalqimizda “Oqqan daryo oqmay qolmas”, degan hikmatli naql bor. Tubi teran, o‘zanlari mustahkam qadim milliy san’atimiz endi yana dunyoga keng quloch yozadi. O‘z qanotlarida butun dunyoga ezgulik, ma’rifat, mehr-oqibat urug‘laridan ilinadi.

Mahmud NAMOZOV,
O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti
O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti
Manba: "Halq so‘zi" “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi