5 449
O‘zbekistonlik qiz 48 yil ichida ilk marta «Miss Intercontinental» tanlovida mamlakat nomidan ishtirok etadi
Foto: UzNews
20 yoshli Nigina Fahriddinova «Miss Intercontinental 2019» unvoni sohibiga aylandi va birinchi marta tanlov finalida mamlakat nomidan ishtirok etadi, deb yozadi Daryo.
«Miss Intercontinental» tanlovi 1971 yildan boshlab har yili o‘tkaziladi va eng nufuzli go‘zallik tanlovlaridan biri hisoblanadi.
Dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlari ishtirok etadigan tanlovning final bosqichi joriy yilning 21 dekabr kuni Hindistonda bo‘lib o‘tadi.
«M&B Models Agency» MDH mamlakatlari orasida rasmiy litsenziya egalari orasida onlayn kastingda g‘olib bo‘lgan Nigina Fahriddinova tanlovning 48 yillik faoliyati davomida ilk marotaba «Miss Intercontinental Uzbekistan 2019» nomiga ega bo‘ldi.
Ta’kidlash joizki, «Miss Intercontinental» tanlovida o‘z mamlakatining vakili bo‘lish uchun faqat bir nafar qiz haqli. «Miss Intercontinental» tanlovi g‘olibi barcha xalqaro go‘zallik tanlovlarining eng qimmat tojlaridan biri bo‘lgan 361,466 dollarlik toj bilan taqdirlanadi.
«O‘zbekiston madaniyat va go‘zallikni rivojlantirishda yangi qadam qo‘yganidan va yangi bosqichga ko‘tarilganidan xursandman. Men o‘z mamlakatimni xalqaro maydonda munosib tarzda namoyish etish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshiraman», — deydi Nigina Fahriddinova. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi
Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi
Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi
O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi
G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori"
Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi"
Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi
Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi