date
views 5 220

Nargizning konsert vaqtida “ichgan”i va muxlislarga qarata so‘kingani rostmi?

Nargizning konsert vaqtida “ichgan”i va muxlislarga qarata so‘kingani rostmi?
Kecha kechga yaqin OAVlarda tomoshabinlar Nargiz Zokirovaning konsertini uning "mast holatdagi hatti-harakatlari" tufayli tark etgani haqida xabarlar tarqaldi. Xabarlarga ko‘ra, artist o‘z chiqishi vaqtida so‘kingan va tinmay alkogol iste’mol qilgan.

"Tinimsiz so‘kinishlar, baqir-chaqir. Vaholanki, zalda oilaviy kelganlar ham bor edi. Konsert tartibsiz tashkillashtirilgan, Nargiz tinimsiz viski ichar edi. Ixlosimiz qaytib, chiqib ketdik. Konsert tugashini kutib o‘tirmadik", - deb hikoya qilgan MK nashriga konsertga oilasi bilan borgan mahalliy yashovchilardan biri.

Tomoshabinlardan yana birining aytishicha, Nargiz sahnada turib o‘z muammolari haqida arz qilgan, xit taronalar o‘rniga esa tomoshabinlarni uyatsiz so‘zlardan iborat rok qo‘shiqlar bilan "siylagan".

RIA Novosti xabar berishicha, sal o‘tib xonandaning direktori Vladimir Korsunov Nargizning Ussuriyskdagi konserti yaxshi o‘tgani, xonanda hech qachon o‘z chiqishlarini qoldirmasligini va tarqalgan mish-mishlarning barchasi yolg‘onligini ta’kidlagan.

"Mast edi", degani nimasi? Nargiz birorta konsertini keyinga qoldirmadi, bularning hammasi ko‘pirtirilgan yolg‘on: mish-mishlarga ko‘ra, goh u qo‘shiq kuylolmaydi, goh u gapirolmaydi. Bularning barchasi fitnaga yo‘g‘rilgan maqolalar, umuman olganda nega bunday bo‘layotgani shundoq ayon", - deb aytgan Korsunov.

Shu kunlarda Internet tarmog‘ida Nargiz bilan yuz bergan mojarodan so‘ng Maksim Fadeyevning yuragi xuruj qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada Maksim Fadeyev Nargizning oxirgi intervyusiga izoh bergan edi.
Prodyuser, hech kim hech kimdan ketmaganligini, aksincha, uning o‘zi xonandani leybldan haydab yuborganiga oydinlik kiritgan.

Xonanda Nargiz Zokirova Alla Dovlatova ishtirokidagi kechki shouda Maksim Fadeyev bilan munosabatlari haqida gapirar ekan, prodyuser bilan hamkorlikda kechgan besh yilga "go‘yo qamoqda o‘tkazilgan yillar", deya baho bergan.
Nargizning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda hayoti pozitiv va ijodga limmo-lim.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Nargizning konsert vaqtida “ichgan”i va muxlislarga qarata so‘kingani rostmi?