16:58 / 02.11.2019
6 484

Bollivud yulduzi Shohruxxon bugun 54 yoshni qarshi oldi

Bollivud yulduzi Shohruxxon bugun 54 yoshni qarshi oldi
Mana bugun 2 noyabr Shohruxxon dunyoga kelgan kun. Ko‘pchilik 54 yoshida o‘zini qarib qolgandek his qilsa, Shohruxxon esa aksincha. Uning kelishgan qomati va ko‘rinishi hali ham navqiron yigitlardek.

Biz bilamizki, u 1965 yil Hindistonda tavallud topgan. Bollivud olamiga qadam bosishidan avval u iqtisod sohasida tahsil olgan. Ammo bu sohani bitirmasdan, tashlab ketgan. Keyinchalik kino sohasida o‘z faoliyatini yuritishni boshlagan. Hozirda u ijro etgan barcha filmlarni sevib tomosha qilamiz.

Shohruxxon 1991 yil oktyabrda Gauri ismli go‘zal bir ayol bilan oila qurdi. Ularning Aryan, Suhana va Abram ismli 3 farzandlari bor.
Shohruxxon o‘z oilasini juda ham yaxshi ko‘radi. Hattoki, tug‘ilgan kunining har bir soniyasini o‘zining sevimli farzandlari hamda suyukli ayoli bilan nishonlaydi. Oilasini karerasidan ham ustun qo‘ygan aktyordir. Qisqa qilib aytganda, u chinakam oilaparvar inson.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Bollivud yulduzi Shohruxxon bugun 54 yoshni qarshi oldi