
"Kambag‘al oilada tug‘ilish sening aybing emas, ammo kambag‘al holingcha o‘lib ketish - bu sening aybing" - Bill Geyts.
Jim Kerri dunyodagi eng quvnoq insonlardan biridir. Uning barcha yumorlari tomoshabinlarga xush yoqishi, shubhasiz. Hattoki, turli xil hazilomuz mimikalari orqali filmlarni yuqori reytingga olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan.

Bolaligida Jim Kerri va uning oilasi uyidan mahrum bo‘lishgan. Afsuski, ular furgonda yashashga majbur bo‘lgan. U 16 yoshida oilasini boqishga ko‘maklashish maqsadida maktabni tashlashga majbur bo‘lgan.
Kerri 2004 yilda AQSh fuqarosi bo‘ldi. U ekstrovert shaxsdir. Hayoti davomida ko‘plab depressiyalarni boshidan o‘tkazdi.
Insonlarga kulgi ulashish - hayotdagi hobbisiga aylanib qolgan. Kulgi orqali barcha g‘am-anduhlarini unuta oladigan, irodali inson sifatida dunyoga tanilgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar