07:36 / 25.12.2019
4 842

Madaniyat vazirligi Filipp Kirkorovning konsertidagi ochiq kiyimli raqqosalar yuzasidan izoh berdi

Madaniyat vazirligi Filipp Kirkorovning konsertidagi ochiq kiyimli raqqosalar yuzasidan izoh berdi
Foto: MyDay
18 dekabr, chorshanba kuni Humo Arena’da o‘tgan Rossiya estradasining taniqli vakili Filipp Kirkorovning konsertida chiqish qilgan raqqosalarning ochiq-sochiq kiyimlari ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining e’tirozlariga sabab bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. Madaniyat vazirligi ushbu holat yuzasidan izoh berdi.

«Madaniyat vazirligi tizimidagi ‘O‘zbekkonsert’ davlat muassasasi ushbu konsert ssenariysi va qo‘shiqlar mazmuni bilan tanishib chiqqan va e’tiroz bildirmagan;

xususiy tadbirkorlar konsert dasturlarini tashkil etishda yurtimizga gastrol safarlari bilan tashrif buyuradigan san’atkorlarga dasturda kiyinish madaniyati to‘g‘risidagi tushunchani ham berib o‘tishlari lozim, deb o‘ylaymiz;

ushbu konsertdan xulosa qilgan xususiy tadbirkorlarimiz endilikda ushbu jarayonlarning takror bo‘lmasligining oldini oladi degan umiddamiz.

Yuqoridagilarni e’tiborga olgan holda, xalqimizning madaniyati, ma’naviyati va mentalitetimizni inobatga olib, ‘O‘zbekkonsert’ davlat muassasasi bundan keyin har bir konsert dasturidagi kiyinish madaniyatiga ahamiyat berishini bildiramiz», — deyiladi vazirlik xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Madaniyat vazirligi Filipp Kirkorovning konsertidagi ochiq kiyimli raqqosalar yuzasidan izoh berdi